Odoo HR ilovalari vakansiya, nomzod, ishga qabul, davomat, taʼtil, baholash va ish haqini bitta xodim kartasida birlashtiradi. Kadrlar boʻlimi jadval yuritmaydi, rahbar esa jamoa holatini bir qarashda koʻradi.

Barcha HR ilovalari bitta xodim kartasiga tayanadi: shartnoma, ish jadvali, boʻlim va rahbar bir marta kiritiladi.
Xodim kartasi, tuzilma, shartnoma, koʻnikmalar, hujjatlar
Vakansiyalar, nomzodlar voronkasi, intervyu, taklif
Taʼtil turlari, qoldiq, soʻrov va tasdiqlash
Kelish-ketish, kiosk, qoʻshimcha ish vaqti
Davriy baholash, maqsadlar, 360 fikr-mulohaza
Hisob-kitob varaqalari, qoidalar, buxgalteriyaga uzatish
Avtomobillar, haydovchilar, xizmat va xarajatlar
Xodimlar tavsiya qilgan nomzodlar va mukofot ballari
Xodim xarajatlari — moliya sahifasida
Xodim kartasida shaxsiy maʼlumotlar, lavozim, boʻlim, rahbar, ish jadvali, shartnoma va hujjatlar saqlanadi. Tashkiliy tuzilma avtomatik chiziladi. Odoo 19 da xodim va shartnoma birlashtirilib, oʻzgarishlar versiyalar bilan saqlanadigan boʻldi: lavozim yoki maosh oʻzgarsa, tarix yoʻqolmaydi.
Odoo 20 da xodim profilidan maosh simulyatsiyasi, masofaviy ish modulining Xodimlar ilovasiga qoʻshilishi va bitta imzoli hujjatlarni xodim maʼlumotlari bilan toʻldirib yuborish qoʻshildi.
Vakansiya saytda eʼlon qilinadi, nomzodlar arizasi va rezyumesi avtomatik kartaga aylanadi. HR menejer nomzodlarni bosqichlar boʻyicha sudrab oʻtkazadi, intervyuni kalendarga qoʻyadi va baholarni yigʻadi. Tanlangan nomzodga taklif shablon asosida yuboriladi va onlayn imzolanadi.
Odoo 19 da nomzodlar bazasi isteʼdodlar havzasi (talent pool) ga aylantirildi. Odoo 20 da vakansiya va nomzodlar mosligi boʻyicha filtr qoʻshildi.

Uchta ilova ish vaqtini va natijani oʻlchaydi. Ularning maʼlumoti ish haqi hisobiga toʻgʻridan-toʻgʻri oʻtadi.
Xodim telefonidan soʻrov yuboradi, rahbar bir bosishda tasdiqlaydi.
Kelish va ketish kiosk, telefon yoki biometrik qurilma orqali qayd etiladi.
Davriy baholash suhbatlari va maqsadlar.
Payroll ilovasi ish haqini xodim shartnomasi, ishlangan vaqt va taʼtil maʼlumotlari asosida hisoblaydi. Hisob-kitob qoidalari (salary rules) formulalar sifatida yoziladi: oklad, ustama, ushlanmalar, soliq va ajratmalar. Hisoblangan ish haqi buxgalteriyaga yigʻma yozuv boʻlib tushadi.
Odoo 19 da partiyalar oʻrniga bosqichma-bosqich «pay run» jarayoni keldi, Odoo 20 da netto-brutto simulyatsiyasi, maoshni foiz yoki summa boʻyicha indeksatsiya qilish va yangilangan boshqaruv paneli qoʻshildi. Muhim: Oʻzbekiston uchun tayyor ish haqi lokalizatsiyasi yoʻq — JShDS, ijtimoiy soliq va INPS boʻyicha qoidalarni loyiha doirasida sozlaymiz.

Xodim maʼlumoti bir marta kiritiladi va keyin har bir bosqichda qayta ishlatiladi.
| Hodisa | Ilova | Natija |
|---|---|---|
| Nomzod taklifni imzoladi | Ishga qabul → Xodimlar | Xodim kartasi va shartnoma |
| Xodim ishga keldi | Davomat | Ishlangan soatlar |
| Taʼtil tasdiqlandi | Taʼtil → Planning | Jadvalda bandlik, ish haqi uchun kunlar |
| Oy yopildi | Ish haqi | Hisob-kitob varaqalari |
| Ish haqi tasdiqlandi | Ish haqi → Buxgalteriya | Hisoblangan ish haqi va ajratmalar yozuvi |
| Xodimga avtomobil berildi | Avtopark ↔ Ish haqi | Haydovchi avtomatik yangilanadi (Odoo 20) |
Tarmoqda sotuvchilar, omborchilar va haydovchilar smenada ishlaydi. Davomat filialdagi planshet-kioskda PIN-kod bilan qayd etiladi, taʼtil va kasallik soʻrovlari xodim telefonidan yuboriladi. Filial rahbari kim qachon ishlashini Planning jadvalida koʻradi va boʻsh smenani boshqa xodimga beradi.
Oy oxirida kadrlar boʻlimi davomat va taʼtil jadvalini qoʻlda yigʻmaydi: ish haqi hisob-kitobi tasdiqlangan maʼlumotdan tuziladi. Hisobchi natijani tekshiradi, tasdiqlaydi va buxgalteriyada yozuv oʻzi paydo boʻladi. Yangi vakansiya ochilsa, sayt orqali kelgan arizalar ishga qabul voronkasiga tushadi, ishga olingan nomzodning kartasi esa qayta kiritishsiz yaratiladi.
Odoo da Oʻzbekiston uchun tayyor ish haqi moduli yoʻq. Payroll ilovasining qoidalar mexanizmi moslashuvchan, shuning uchun BUline JShDS, ijtimoiy soliq, INPS va kompaniya ustamalarini qoidalar sifatida sozlaydi va buxgalteriga natijani 1–2 oy parallel solishtirishni tavsiya qiladi.
Odoo 20 da ayrim biometrik qurilmalar (eSSL, Mantra) bilan integratsiya bor. Boshqa qurilmalar uchun ularning API si orqali alohida ulanish sozlanadi.
Xodimlar, Ishga qabul, Taʼtil va Avtopark — Community va Enterprise da. Baholash, Tavsiyalar va Ish haqi — faqat Enterprise da.
Diagnostikada jarayonlaringizni koʻrib chiqamiz va Odoo standarti qayerda yetarli, qayerda sozlash kerakligini aytamiz — ilovalar roʻyxati, versiya va bosqichlar bilan.