Odoo ishlab chiqarish ilovalari buyurtmadan tayyor mahsulotgacha boʻlgan yoʻlni boshqaradi: spetsifikatsiya, xomashyo rezervi, ish markazlari yuklamasi, sex ekrani, sifat va mahsulot qiymati. Hammasi ombor, xarid va buxgalteriya bilan bitta bazada.

Odoo bu yoʻnalishni «MRP + MES + PLM + Sifat + Texnik xizmat» toʻplami sifatida taqdim etadi. Kichik sex faqat MRP dan boshlaydi, keyin qolganlari qoʻshiladi.
BoM, buyurtmalar, rejalashtirish, qiymat hisobi
Operatsiyalar, ish markazlari, vaqt va yoʻriqnomalar
Sex uchun planshet ekrani: kim, qayerda, nima qilyapti
Muhandislik oʻzgarishlari (ECO), BoM versiyalari, chizmalar
Operatsiya ichidagi nazorat nuqtalari va tekshiruvlar
Uskunalar profilaktikasi va ish markazidan soʻrov
MRP — ishlab chiqarish resurslarini rejalashtirish. Har bir mahsulot uchun spetsifikatsiya (BoM — bill of materials) tuziladi: qaysi xomashyo, qancha miqdorda va qaysi operatsiyalar orqali. Ishlab chiqarish buyurtmasi yaratilganda Odoo xomashyo yetarlimi-yoʻqmi koʻrsatadi, yetishmasa xarid yoki ichki ishlab chiqarishni taklif qiladi.
Buyurtma yopilganda xomashyo ombordan hisobdan chiqariladi, tayyor mahsulot kirim qilinadi, buxgalteriyada esa qiymat yozuvi yaratiladi. Odoo 20 da buyurtmalar Kanban koʻrinishi hafta boʻyicha guruhlangan holda yangilandi, uzluksiz ishlab chiqarish (keyingi operatsiyani oldinroq boshlash), buyurtmani boʻlish va BoM larni miqdor boʻyicha solishtirish qoʻshildi.
Har bir operatsiya ish markaziga — stanok, liniya yoki ishchi guruhiga — biriktiriladi. Odoo cheklangan quvvat boʻyicha rejalashtiradi: ish markazi band boʻlsa, keyingi operatsiya boʻsh vaqtga suriladi. Rejalashtiruvchi Gantt diagrammasida buyurtmalarni sudrab koʻchiradi va qaysi markaz qachon boʻshashini koʻradi.
Odoo 19 da operatsiya qiymatini haqiqiy sarf yoki qatʼiy qiymat boʻyicha hisoblash, ish markazidagi xodim qiymatini zaxira bahosiga qoʻshish paydo boʻldi. Odoo 20 da ish buyurtmalari uchun Kanban, rangli va xodim boʻyicha Gantt hamda ish markazlari obzori qoʻshildi.

Shop Floor — ishchilar uchun planshetga moslangan ekran. Ishchi oʻz ish markazini tanlaydi, navbatdagi operatsiyani ochadi, yoʻriqnomani koʻradi, sifat tekshiruvini bajaradi va tugatilgan miqdorni kiritadi. Bir nechta ishchi bitta planshetda navbat bilan ishlashi mumkin.
Muammo boʻlsa, ishchi shu ekrandan texnik xizmatga soʻrov yoki sifat ogohlantirishini yuboradi. Odoo 20 da ish markazini shtrix-kod bilan skanerlash va buyurtmaga HTML izoh qoʻshish imkoniyati paydo boʻldi.

Bu ilovalar alohida ham ishlaydi, lekin toʻliq kuchi ishlab chiqarish bilan birga ochiladi.
Mahsulot hayotiy sikli: muhandislik oʻzgarishi buyurtmasi (ECO) orqali BoM va operatsiyalarni xavfsiz oʻzgartirish.
Nazorat nuqtasi maʼlum operatsiyaga qoʻyiladi va Shop Floor da ishchi oldida chiqadi.
Ish markazidagi uskunalar uchun profilaktika va taʼmirlash.
Bitta ishlab chiqarish buyurtmasi omborda, xaridda, sifatda va buxgalteriyada hujjat va yozuvlar yaratadi.
| Bosqich | Ilova | Natija |
|---|---|---|
| Mijoz buyurtmasi yoki zaxira qoidasi | Savdo / Ombor | Ishlab chiqarish buyurtmasi |
| Xomashyo yetishmaydi | Xarid | Xarid soʻrovi |
| Xomashyo sexga | Ombor | Rezerv va ichki koʻchirish |
| Operatsiyalar bajarildi | Ish buyurtmalari, Shop Floor, Sifat | Vaqt, brak, tekshiruv natijasi |
| Buyurtma yopildi | Ombor | Tayyor mahsulot kirimi, partiya raqami |
| Qiymat hisoblandi | Buxgalteriya | Xomashyo, mehnat va qoʻshimcha xarajatlar yozuvi |
Mijoz shkaf buyurtma qiladi. Menejer variantlarni (oʻlcham, rang, furnitura) tanlaydi va savdo buyurtmasini tasdiqlaydi. Odoo shu variantga mos BoM boʻyicha ishlab chiqarish buyurtmasini oʻzi yaratadi va LDSP, kromka va furnitura yetarliligini tekshiradi; yetishmaganiga xarid soʻrovi tayyorlanadi.
Sexda bichish, kromkalash, teshik ochish va yigʻish operatsiyalari ish markazlari boʻyicha rejalashtiriladi. Ishchilar Shop Floor da operatsiyani boshlaydi va tugatadi, yigʻishdan keyin sifat tekshiruvi oʻtkaziladi. Buyurtma yopilganda rahbar mahsulotning haqiqiy qiymatini va reja bilan farqini koʻradi.
Ha, MRP ilovasi Community da bor. Shop Floor, rejalashtirish vositalari, PLM va Sifat esa Enterprise versiyada.
Yoʻq, agar bosqichma-bosqich boshlansa. Avval BoM va oddiy ishlab chiqarish buyurtmalari (operatsiyalarsiz) bilan boshlaymiz, keyin ish markazlari, Shop Floor va sifat nazoratini qoʻshamiz.
Qiymat BoM dagi xomashyo, operatsiyalar vaqti va ish markazining soatlik xarajati asosida hisoblanadi. Buyurtma yopilganda haqiqiy sarf boʻyicha qayta hisoblanadi va buxgalteriyaga uzatiladi.
Diagnostikada jarayonlaringizni koʻrib chiqamiz va Odoo standarti qayerda yetarli, qayerda sozlash kerakligini aytamiz — ilovalar roʻyxati, versiya va bosqichlar bilan.